«O‘zbekiston temir yo‘llari» yer usti metrosi qurilishida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, noma’lum shaxslar 899 mln so‘mlik kabel mahsulotlarini o‘g‘rilagan. Avvalroq transport prokurori Ma’rufjon Xodjayev transport prokurori Ma’rufjon Xo‘jayev xuddi shuncha miqdordagi talon-torojliklar haqida ma’lum qilgan edi.
2021 yilning birinchi choragida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning sof foydasi pasayib, 95,69 mlrd so‘mni (9 mln dollar atrofida) tashkil etdi. 2020 yilda kompaniya 352,7 milliard so‘m zarar ko‘rdi, garchi bir yil oldin foyda 850 milliard so‘mdan oshgan bo‘lsa.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan xalqaro temir yo‘l qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘l ma’muriyatlariga murojaat yuborildi.
Namangan viloyatida sel kelishi natijasida ayrim yo‘l uchastkalari zarar ko‘rdi. 7 may kuniga belgilangan №60 Toshkent — Andijon poyezdi qatnovi bekor qilindi.
Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qolgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Metro texnik nosozlik sabab to‘xtab qolgani aytildi hamda vaziyatga oydinlik kiritish uchun tezkorlik bilan ishchi guruh tuzilganligini ma’lum qilindi.
Namanganlik o‘qituvchi Popdan Namanganga maktabda dars berish uchun 75 km yo‘l bosib yurgan. O‘qituvchiga 31 dekabrga qadar poyezdda bepul qatnashi uchun sertifikat topshirildi.
«Shovvozsoy» dam olish maskani nafaqat temiryo‘lchilarga, balki, prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, respublika aholisi va chet ellik investorlarga xizmat ko‘rsatadi, deya bayonot berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari».
Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi. Shuningdek, Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Besh kishi Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan, ko‘mir ortilgan vagonlarni o‘marmoqchi bo‘lishdi. Ularni ushlashning imkoni bo‘lmadi, hozirda qidiruv ishlari olib borilmoqda.
«Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasiga muvofiq, «O‘zavtosanoat», «Olmaliq KMK», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan Airways kabi 24 ta yirik korxona va ularning «nabira» korxonalari xaridlari ochiqlanishi belgilanmoqda. Ular 2019 yilda qariyb 47,6 trln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishgan.
Afg‘onistonning Balx provinsiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiruvchi «So‘g‘diyona trans» sho‘’ba korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston hududidagi o‘zbek kompaniyalari xodimlari himoyasini kuchaytirishni so‘radi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 20 avgustdan qayta tiklanadigan poyezd qatnovlari jadvalini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting